Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Aguero «Real»ga qarshi o‘yinda «Manchester Siti»ga yordam bera olmaydi

Aguero «Real»ga qarshi o‘yinda «Manchester Siti»ga yordam bera olmaydi

Автор: admin

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yini doirasidagi «Real»ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda «shaharliklar» rasmiy sayti.
APL doirasidagi «Byornli»ga (5:0) qarshi o‘yinda jarohat olib maydonni tark etgan futbolchining oyoq mushaklari yorilishi tashxisi qo‘yilgandi. Ma’lum qilinishicha, yaqinda argentinalik hujumchi oyog‘idan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Endi mashqlarga kirishish uchun bir oydan ko‘proq vaqt talab etiladi. 
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» va «Real» o‘rtasidagi javob bahsi 7 avgust kuni Manchesterdagi stadionida o‘tkaziladi. Madriddagi dastlabki o‘yin Gvardiola jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan edi (2:1).
172   
Добавить комментарий
Ваше имя: *