Goal24.uz » Yevropa jamoalari » "Yuventus", "Barselona" va "Liverpul" bir futbolchi uchun kurashadi

"Yuventus", "Barselona" va "Liverpul" bir futbolchi uchun kurashadi

Автор: admin

U kimga nasib etadi?
"Vulverxempton" klubi vingeri Adam Traore faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchini “Yuventus” o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu borada turinliklarga "Barselona" va "Liverpul" klublari raqobat ko‘rsatishi mumkin.
APL klubi esa uni 80 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas. Ammo, uning ayni damdagi transfer narxi 25,5 mln evroni tashkil etadi.
Traore joriy mavsum “Vulverxempton” safida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
181   
Добавить комментарий
Ваше имя: *