Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Lautaro bilan kelishib oldi

«Barselona» Lautaro bilan kelishib oldi

Автор: admin

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines «Barselona»ga o‘tishi mumkin.
ESPN xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 22 yoshli argentinalik bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Endi «Barselona» «Inter»ni rozi qilishi kerak. Muzokaralar davom etmoqda.
«Barselona» bitimga futbolchilarini qo‘shib berishni istayapti, ammo «Inter» faqat pulni afzal ko‘rmoqda.
Shu tufayli Martinesning transferi «Barselona»ning yozgi sotuvlariga bog‘liq. Birinchi navbatda kataloniyaliklar Filippe Koutinoni sotib, mablag‘ to‘plashga harakat qilmoqda. «Bavariya»da o‘ynayotgan futbolchining ijara muddati avgustda yakuniga yetadi.
Shuningdek «Barselona» Nelson Semedu va Ivan Rakitichni ham sotishni istamoqda.
163   
Добавить комментарий
Ваше имя: *