Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Messi, Ronaldu va Levandovskidan ham yaxshiroq natijaga erishayotgan hujumchi haqida bilasizmi?

Messi, Ronaldu va Levandovskidan ham yaxshiroq natijaga erishayotgan hujumchi haqida bilasizmi?

Автор: admin

U Bundesliga to‘puraridan ham yaxshiroq natija qayl etdi.
"Atalanta" hujumchisi Luis Muriel A Seriya joriy mavsumida o‘zining to‘purarlik qobiliyatini namoyish etmoqda.
Football Italia nashri ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Robert Levandovskidan ham yaxshiroq natija qayd etmoqda.
U maydonda o‘tkazgan 1075 daqiqa ichida 17 ta gol kiritishni uddaladi. Bu degani u har 63 daqiqada raqiblar darvozabonini dog‘da qoldirmoqda.
Taqqoslash uchun Messi La Liga doirasida kiritgan 22 ta goli uchun 2609 daqiqa sarflagan, ya’ni Leo bitta golini o‘rtacha 118 daqiqada kiritmoqda.
Bundesliga to‘purari Robert Levandovski esa yakunlangan mavsumdagi 34 ta goli uchun 2761 daqiqa sarfladi, bu degani polshali futbolchi 81 daqiqa bittadan gol kiritgan.
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kiritgan bir goli uchun o‘rtacha 92 daqiqa talab qilinmoqda.
185   
Добавить комментарий
Ваше имя: *