Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » La Liga. “Real” Benzema va Asensioning gollari evaziga g‘alaba qozondi

La Liga. “Real” Benzema va Asensioning gollari evaziga g‘alaba qozondi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 35-turida Madridning “Real” jamoasi 10-iyul, juma kuni “Alaves”ni qabul qildi.
Uchrashuv kutilganidek to‘liq maydon egalari ustunligida o‘tdi. Karim Benzema 11-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan holda, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida mezbonlar ikkinchi golni urdi. Benzemaning uzatmasidan so‘ng Marko Asensio bo‘sh qolgan darvozasini ishg‘ol qildi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “qaymoqranglilar”ning ochkolari 80 taga yetkazib oldi va mavsum tugashiga uch tur qolgan eng yaqin ta’qibchisi “Barselona”ni 4 ochko ortda qoldirmoqda. “Alaves” (35) esa 17-pog‘onada qoldi.
La Liga
35-tur bahslari
10-iyul, juma

“Real Madrid” — “Alaves” 2:0

Gollar: 1:0 – 11, penalti Benzema, 2:0 – 50 Asensio.
“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Militao, Mendi, Vaskes, Kroos, Modrich (Valverde, 70), Asensio (Vinisius Junior, 70), Kazemiro (Braim Dias, 90), Rodrigo (Isko, 82), Benzema (Azar, 82).
“Alaves”: Roberto, Eli, Laguardia, Marin, Ximo Navarro (Agirregabiria, 23), Mendes (Sayns, 68), Feysa (Mahmud, 55), Berk, Kamarasa, Lukas Peres (Rioxa, 55), Xoselu (Rodriges, 69).
Ogohlantirish: Mahmud (83).

“Real Sosyedad” — “Granada” 2:3

Gollar: 0:1 – 21 Puertas, 0:2 – 43 Soldado, 1:2 – 47 Merino, 2:2 – 83 Oyarsabal, 2:3 – 88 Duarte.

190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *