Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti» «Real» to‘sig‘idan o‘ta oladimi? Gvardiola javob berdi

«Manchester Siti» «Real» to‘sig‘idan o‘ta oladimi? Gvardiola javob berdi

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Real»ga qarshi bo‘ladigan o‘z borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» – «Man Siti» juftligi g‘olibi chorak finalda «Yuventus» – «Lion» g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

«Biz «Real»ga qarshi maydonga tushamiz. Agar biz hozirdanoq keyingi bosqich haqida o‘ylasak, ushbu musobaqa qiroli bo‘lgan «Real» bizni turnirdan chiqarib yuboradi. «Real»ni mendan yaxshiroq biladigan inson bo‘lmasa kerak.

Qur’a natijalarini ko‘rdim. Oldinda esa bizni «Brayton»ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Shuningdek, Angliya kubogi yarim final bosqichi doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Shundan so‘ng bizni yana 2ta o‘yin va Angliya kubogining ehtimoliy finali kutib turibdi. Ana undan keyin navbat «Real»ga keladi. Hozircha xayolim shu narsalar bilan band», – dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, YECHL nimchorak final bosqichidagi dastlabki o‘yinda «Manchester Siti» mehmonda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Javob o‘yini 7-8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Manba: sports.ru
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *