Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan: «Penaltilar? Asosiysi gol urish, qanday kiritilishi muhim emas»

Zidan: «Penaltilar? Asosiysi gol urish, qanday kiritilishi muhim emas»

Автор: admin

«Real» bosh murabbiiyi Zinedin Zidan La Liga 35-turi doirasidagi «Alaves»ga (2:0) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
«Chindanam kam gol o‘tkazayapmiz. Shunday o‘ynashda davom etishimiz kerak. Bizda ajoyib sport formasiga kirgan Kurtua bor. Kam gol o‘tkazishimizga uning hissasi katta.
Jamoada charchoq alomatlari borligini sezmadim. Hujumda ham yaxshi o‘yin namoyish etdik. Benzema birinchi bo‘lim yakunida kuchli zarbani qabul qilib oldi, shu bois boshi biroz aylangan bo‘lishi mumkin. Hozir hammasi joyida.
So‘nggi uch o‘yinda uchta penalti tepdik? Hakam penalti belgiladimi, demak bu penalti. O‘sha vaziyatda Mendi juda yaxshi o‘ynagandi va o‘yin qoidasini buzishga majbur bo‘lishdi. Asosiysi gol urish, qanday kiritilishi muhim emas», - deya Zidanning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Ma’lumot uchun, chempionat yakuniga uch tur qolayotganda Madrid klubi Kataloniya jamoasi bilan oradagi farqni 4ta ochkogacha saqlab kelmoqda.
108   
Добавить комментарий
Ваше имя: *