Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: CAS UEFAning «Manchester Siti»ni yevrokuboklardan chetlatish qarorini bekor qiladi

Manba: CAS UEFAning «Manchester Siti»ni yevrokuboklardan chetlatish qarorini bekor qiladi

Автор: admin

Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) UEFAning «Manchester Siti»ni yevrokuboklardan chetlatish borasidagi qarorini bekor qilishi kutilmoqda. Bu haqda BBC jurnalisti xabar bergan.
«Ko‘rinishidan, CAS «Manchester Siti»ni UEFAning ayblovlaridan oqlaydi. Katta ehtimol qaror bekor qilinadi. Hali hammasi tasdiqlanmagan, aniq javobni shanba yoki dushanba kuni olamiz», - deya yozadi BBC jurnalisti Ian Chizmen tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, UEFA fevral oyida olib borilgan tekshiruvlar natijasida «Manchester Siti» klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun ikki mavsumga chetlatib, 30 million yevro jarimaga tortgan edi. UEFA qarori ustidan mart oyida sport arbitraj sudiga murojaat qilgan Manchester klubining da’vo arizasi ko‘rib chiqilishi koronavirus pandemiyasi sababli cho‘zilayotgan edi.
168   
Добавить комментарий
Ваше имя: *