Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kiki Setyen «Barselona»ning «Valyadolid»ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Kiki Setyen «Barselona»ning «Valyadolid»ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Автор: admin

«Barselona» klubi Ispaniya La Liga 36-turi doirasida 11 iyul, shanba kuni soat 22:30da safarda «Valyadolid»ga qarshi saf tortadi.

«Ko‘k-anorranglilar» ustozi Kike Setyen ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘tgan turda qizil kartochka olgan 17 yoshli hujumchi Ansu Fati uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, himoyachi Samyuuel Umtiti, yarim himoyachilar Frenki de Yong, Artur va hujumchi Usmon Dembele ham qaydnomadan joy olmagan.

O‘yin qaydnomasiga kiritilgan 18 nafar futbolchi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto;

Himoyachilar: Jerar Pike, Nelson Semedu, Kleman Langle, Xordi Alba, Ronald Arauxo, Arnau, Xunior Firpo;

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Sexio Buskets, Rikard Puch, Arturo Vidal, Serxi Roberto;

Hujumchilar: Lionel Messi, Martin Breytueyt, Antuan Grizmann, Luis Suares.

136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *