Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » «PSJ» YECHLda hech qachon Italiya klublarini mag‘lub etmagan

«PSJ» YECHLda hech qachon Italiya klublarini mag‘lub etmagan

Автор: admin

Yevropa chempionlar ligasi qur’asiga ko‘ra, "Pari Sen-Jermen" klubi chorak finalda Italiyaning «Atalanta»ga qarshi to‘qnash keladigan bo‘ldi.

"Opta" tarqatgan xabarga ko‘ra, parijliklar YECHL musobaqasi doirasida Italiya klublari ustidan biror marta g‘alaba qozonishmagan.

«PSJ» Championlar ligasida «Napoli»sha qarshi 2ta o‘yinda ikkita durang qayd etgan bo‘lsa, «Milan»ga qarshi 4ta to‘qnashuvda ham g‘alaba qozonmagan (ikki durang va ikki mag‘lubiyat).

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Chempionlar ligasining chorak final bosqichi bitta o‘yindan iborat bo‘ladi va uchrashuvlar Portugaliyada o‘tkaziladi.

"Atalanta" — "PSJ" juftligi g‘olibi yarim finalda "RB Leypsig" — "Atletiko" juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.
Manba: bombardir.ru
173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *