Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Jeydon Sancho «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin

Jeydon Sancho «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin

Автор: admin

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Jeydon Sancho «Manchester Yunayted» klubiga o‘tishga yaqin, deya yozmoqda Express.de.
Manbaning xabar berishicha, nemis klubi hozirgi moliyaviy holatini yaxshilash uchun «Manchester Yunayted» bilan bir to‘xtamga kelishga tayyor. Dortmund klubi rahbariyati koronavirus pandemiyasi sababli 45 million yevro zarar ko‘rganligi sababli yangi mavsum oldidan mablag‘ga ehtiyojlik sezadi. 
Sanchoning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha belgilangan. Angliyalik futbolchining o‘zi ham Premer-ligada to‘p surish uchun Bundesliga klubini tark etmoqchi. 
Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsumda jami 44 o‘yinda 20ta gol va 20ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *