Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » De Bryuyne «Manchester Siti»dagi kelajagidan xavotirda emas

De Bryuyne «Manchester Siti»dagi kelajagidan xavotirda emas

Автор: admin

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne klub kelajagidan xavotirda, ammo hech qayerga ketmoqchi emas.
Daily Mail xabariga ko‘ra, «Siti»ning yevrokuboklardan 2 yilga chetlatilish ehtimoli 29 yoshli futbolchining rejalariga o‘zgarish kiritmaydi. U «shaharliklar» tarkibidagi faoliyatini davom ettirmoqchi.
Bu yili Kevin uchinchi marta ota bo‘ladi, u o‘zini Manchesterda yaxshi his qilmoqda va keskin o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi emas.
«Manchester Siti» tez orada de Bryuyne bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshlamoqchi. Amaldagi mehnat bitimi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Bu mavsumda belgiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 32ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 19ta golga hammualliflik qilgan.
172   
Добавить комментарий
Ваше имя: *