Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. Musobaqani tark etgan ilk jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

APL. Musobaqani tark etgan ilk jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Angliya chempionatida 35-tur o‘yinlari boshlandi. O‘z maydonida «Vest Hem»ni qabul qilgan «Norvich» 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Londonliklar safida barcha gollarga Maykl Antonio mualliflik qildi.
Shu tariqa APL tugashiga 3 tur qolganida «Norvich» musobaqani tark etadigan ilk jamoaga aylandi. «Kanareykalar» 21 ochko bilan 20-pog‘onaga joylashgan va endi jamoada 17-o‘rindagi «Uotford»ni quvib o‘tish uchun hech qanday nazariy imkoniyat qolmadi.
APL. 35-tur
Norvich – Vest Hem 0:4

Gollar: Maykl Antonio (11, 45, 54, 74).
Norvich: Krul, Kloze, Aarons, Godfri, Lyuis, Shtipermann (Kentuell, 69), Buendia (Rupp, 70), Ernandes (Martin, 70), Tetti, Vranchich (Maklin, 78), Pukki (Ida, 69).
Vest Hem: Fabianski, Kressuell, Ogbonna, Frederiks, Diop, Antonio (Aller, 78), Rays, Fornals, Nobl (Uilsher, 77), Bouen, Souchek.
Ogohlantirish: Shtipermann (33).
122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *