Goal24.uz » O'zbekiston » Sergey Lushan «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sergey Lushan «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi

Автор: admin

11 iyul kuni «Dinamo» jamoasi qarorgohida yig‘ilish o‘tkazildi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
«Unda Samarqand viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev, klub rahbariyati va jamoa futbolchilari ishtirok etishdi. 
Tadbirda so‘zga chiqqan Shuhrat Ro‘ziyev «Dinamo» jamoasining bu yilgi maqsad va vazifalari haqida atroflicha so‘z yuritib, joriy mavsumda viloyat rahbariyati va homiylar tomonidan klub oldiga eng avvalo Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilganligi, shu maqsadda o‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli mutaxassis Sergey Lushan «Dinamo» klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganligini e’lon qilib, Sergey Ivanovichni jamoaga tanishtirdi. Unga yordamchi murabbiy sifatida Muhitdin Ortiqov yordam beradi.
Shundan so‘ng, Sergey Lushan so‘zga chiqib, bildirilgan ishonchga munosib bo‘lish hamda yangi jamoaning rivoji uchun bor kuch va tajribasini ishga solishini aytib o‘tdi.
«Dinamo» PFK bosh direktori Uchqun Qobilov ham so‘zga chiqarkan, viloyat rahbariyati va klub homiylari hamda samarqandlik minglab muxlislar ishonchini oqlash uchun yangi bosh murabbiy bilan birga jamoa ravnaqi va Superligaga chiqishi uchun bor kuch va imkoniyatlar ishga solinishini ta’kidladi.
Sergey Lushan oldiga Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov va klub homiylari tomonidan «Dinamo» klubini Superligaga olib chiqish, samarqandlik yosh futbolchilarni kashf etib, katta futbolga qadam qo‘yishga ko‘maklashish kabi maqsad va vazifalar qo‘yilganligi ma’lum qilindi.
 
Toshkentning «Bunyodkor» hamda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasidagi yorqin faoliyati bilan o‘zbek futbolining bugungi kundagi yorqin vakillari Eldor Shomurodov, Sardor Rashidov, Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov, Rustam Ashurmatov, Akromjon Komilov va yana bir qator nomlarning kashf etilishiga munosib hissa qo‘shgan Sergey Ivanovichning Samarqand futbolidan ham yangi nomlar chiqarishiga ishonib, murabbiyning boshlanayotgan yangi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 47 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi bo‘lgandi. Sergey Lushan 2019 yilning aprel oyida Samarqanddagi «Dinamo» - «So‘g‘diyona» (1:0) uchrashuvidan keyin iste’foga chiqqandi.
197   
Добавить комментарий
Ваше имя: *