Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Uotford» Dinining penaltili dubli evaziga g‘alaba qozonib, ligada qolish imkoniyatini oshirdi

APL. «Uotford» Dinining penaltili dubli evaziga g‘alaba qozonib, ligada qolish imkoniyatini oshirdi

Автор: admin

APLda 35-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qilgan «Uotford» xarakter ko‘rsatdi va birinchi bo‘limdan keyin hisobda ortda borayotib g‘alabani ilib ketdi. «Uotford» sardori Troy Dini penaltidan ikkita gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
G‘alabadan keyin 17-o‘rindagi «Uotford»ning ochkolari soni 34taga yetdi va jamoa ligada qolish imkoniyatlarini oshirdi. 18-o‘rindagi «Bornmut» hisobida 28 ochko bor va Eddi Xau jamoasi 35-tur o‘yinini «Lester»ga qarshi o‘tkazadi. Hali 35-turda maydonga tushmagan va 19-o‘rinda borayotgan «Aston Villa» hisobida esa 27 ochko bor. 20-o‘rindagi «Norvich» APLni tark etgan ilk jamoaga aylandi.
APL. 35-tur
Uotford – Nyukasl 2:1

Gollar: Dini (52, penalti, 82, penalti) – Geyl (23).
Uotford: Foster, Kabasele, Femeniya, Douson, Mazina, Dukure, Kapu, Xyuz, Sarr, Dini (Kleverli, 85), Uelbek (Grey, 90).
Nyukasl: Dubravka, Lassels (Lazaro, 87), Fernandes, Rouz (Kraft, 79), Sher, Ritchi (Joelinton, 72), Sen-Maksimen, Almiron, Shelvi, Mankilo, Geyl (Bentaleb, 78).
Ogohlantirishlar: Lassels (45), Mankilo (63), Fernandes (77), Sher (84), Xyuz (90).
169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *