Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Neymarning yozgi transferdagi taqdiri hal bo‘ldi

Neymarning yozgi transferdagi taqdiri hal bo‘ldi

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Neymar faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi taqdirga tan berdi. Chunki uning boshqa klubga transferi ayni pallada amalga oshadigan ish emas.

«Barselona» moliyaviy muammolar tufayli uni xarid qila olmaydi. «Real» esa Neymar haqida o‘ylayotgani yo‘q. Boz ustiga, madridliklar o‘tgan yilning yozidayoq uning transferidan voz kechib bo‘lishgan.

Shu bois, Neymar «PSJ»da sovrin yutish uchun bor kuchini berib harakat qilishda davom etadi.
Manba: sports.ru
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *