Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barsa” qayta quriladi: Ketma-ket yosh futbolchilar transfer qilinmoqda

“Barsa” qayta quriladi: Ketma-ket yosh futbolchilar transfer qilinmoqda

Автор: admin

Jamoa kelajak uchun yangilanmoqda
“Barselona” tarkibini yoshartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni paytda kataloniyaliklar jamoadagi yosh o‘yinchilarni katta summaga ham sotmayapti. Qolaversa, ularning yoniga boshqa klublarda tarbiyalanayotgan vunderkindlarni xarid qilmoqda.
Bu gal “Barselona” rahbariyati “San-Paulu”  hujumchisi Gustavo Mayyani olishga qaror qildi. Kelishuvga ko‘ra, kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchi uchun 15 iyulga qadar 1 million evro o‘tkazib beradi. Yana 3,5 million evro miqdoridagi mablag‘ bo‘lib to‘lanadi.
Shuningdek, “Barselona” Mayyani transferida imtiyozga ega bo‘lish uchun o‘tgan yili “San-Paulu”ga 1 million evro bergan edi. Mayya shu paytga qadar “San-Paulu”ning asosiy tarkibida maydonga tushmagan.
“Barselona” esa bu futbolchidan oldin “Rayo Valekano”ning 16 yoshli futbolchisi Fabian Lutstsini qo‘lga kiritgan edi.
166   
Добавить комментарий
Ваше имя: *