Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. “Chelsi” safarda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

APL. “Chelsi” safarda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 35-turida “Chelsi” 11-iyul, shanba kuni “Sheffild Yunayted” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida Devid Makgoldrik maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan besh daqiqa o‘tib Oliver Makberni oradagi farqni oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda sheffildliklar yana bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi: 77-daqiqada Makgoldrik dublni rasmiylashtirib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Sheffild Yunayted” ochkolarini 54 taga yetkazib oldi va 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Chelsi” (60) hozircha 3-pog‘onada qolmoqda, biroq “Lester” va “Manchester Yunayted” ushbu turda g‘alabaga erishadigan bo‘lsa, londonliklar 5-o‘ringa tushib ketadi
APL
35-tur bahsi
11-iyul, shanba

“Sheffild Yunayted” — “Chelsi” 3:0

Gollar: 1:0 – 18 Makgoldrik, 2:0 – 33 Makberni, 3:0 – 77 Makgoldrik.
“Sheffild Yunayted”: Henderson, Stivens, Igan, Bashem (Jagelka, 68), Boldok, Berge (Landstrem, 63), Norvud, Osborn, O`Konnell, Makberni (Musse, 63), Makgoldrik.
“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Jeyms (Hadson-Odoi, 75), Kristensen (Ryudiger, 46), Barkli (Loftus-Chik, 78), Jorjinyo, Pulishich (Jiru, 66), Maunt (Alonso, 46), Villian, Abraham.
Ogohlantirish: Boldok (3).
180   
Добавить комментарий
Ваше имя: *