Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Dembele "Barselona"ga qimmatga tushdi

Dembele "Barselona"ga qimmatga tushdi

Автор: admin

"Borussiya" hamon foyda olmoqda.
Yarim himoyachi Usmon Dembelening "Borussiya"dan "Barselona"ga transferi shartlaridan navbatdagisi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Kataloniya klubi dortmundliklarga frantsuzning transferi uchun yana 20 million evro to‘lab beradi, deya xabar bermoqda Bild nashri.
Dembelening "Borussiya"dan ko‘chib o‘tishi "Barselona"ga 105+40 million evroga tushgan. Dastlabki to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, xavbek "ko‘k anor-ranglilar" safida 50 ta o‘yin o‘tkazib bo‘ldi va buning ortidan Dortmund klubi 20 million evro bonus summasini qabul qilib oldi.
Endi qolgan 20 million evro nemis klubiga frantsuzning keyingi sotuvidan o‘tkazib beriladi.
Ayni damda kataloniyaliklar Dembeleni 80 million evroga sotishga tayyor. Yuqoridagi kelishuvga binoan, bu transfer ortidan "Barselona"ga  bor-yo‘g‘i 60 million evro tegadi.
176   
Добавить комментарий
Ваше имя: *