Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi La liga tarixida bunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi

Messi La liga tarixida bunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida «Barselona» safarda «Valyadolid» mehmoni bo‘lib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Kataloniyaliklar uchrashuvdagi yagona golni 15-daqiqada urishdi. Messining uzatmasidan keyin Arturo Vidal raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu golli uzatma argentinalik futbolchi uchun La liganing joriy mavsumidagi yigirmanchisi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Messi 22ta gol bilan Primero to‘purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.

"Squawka" tarqatgan xabarga ko‘ra, Messi bir mavsumda kamida 20ta gol urgan va kamida 20ta golga assistentlik qilgan La liga tarixidagi ilk futbolchiga aylandi.

Agar Yevropa top-5 chempionatlari (APL, La Liga, A Seriya, Bundesliga, Liga 1)ni olib qaraydigan bo‘lsa, 21-asrda faqatgina Tyerri Anri shunday natijani qayd etgan. Fransiyalik futbolchi 2002/03 yilgi mavsumda «Arsenal» safida 24ta gol urib, 20ta golga uzatma bergan.
Manba: sport24.ru
187   
Добавить комментарий
Ваше имя: *