Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. “Manchester Siti” 5 ta gol urib g‘alaba qozondi, Rahim Sterlingdan het-trik

APL. “Manchester Siti” 5 ta gol urib g‘alaba qozondi, Rahim Sterlingdan het-trik

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 35-turida “Manchester Siti” 11-iyul, shanba kuni “Brayton” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Rahim Sterling mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Gabriel Jezus “shaharliklar”ning ikkinchi golini urdi.
Tanaffusdan so‘ng “Manchester Siti” yana uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Sterling yana ikkita gol urib, het-trik qayd etgan bo‘lsa, Bernardu Silva ham o‘z hisobiga gol yozidirib qo‘ydi.
“Manchester Siti” Premyer Liga musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Pep Gvardiola shogirdlari hisobida 72 ochko bor. “Brayton” (36) esa 15-pog‘onaga joylashgan
APL
35-tur bahsi
11-iyul, shanba

“Brayton” — “Manchester Siti” 0:5

Gollar: 0:1 – 21 Sterling, 0:2 – 44 Gabriel Jezus, 0:3 – 53 Sterling, 0:4 – 56 Bernardu Silva, 0:5 – 81 Sterling.
“Brayton”: Rayan, Dank, Bernardo, Montoyya (Lempti, 59), Uebster, Bissuma, Gross (Byorn, 78), Muy, Propper (Stivens, 59), Trossard (Jahonbaxsh, 70), Konnolli (Mope, 59).
“Manchester Siti”: Ederson, Mendi (Zinchenko, 64), Uoker, Erik Garsiya (Stounz, 72), Lyaport, Bernardu Silva, Rodri Ernandes (Fernandinyo, 72), Sterling, de Bryuyne (Silva, 64), Mahrez, Gabriel Jezus (Foden, 63).
Ogohlantirishlar: Bissuma (83).
153   
Добавить комментарий
Ваше имя: *