Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «London derbisi»da «Tottenhem» «Arsenal»ni mag‘lub etdi, «Aston Villa»dan g‘alaba

APL. «London derbisi»da «Tottenhem» «Arsenal»ni mag‘lub etdi, «Aston Villa»dan g‘alaba

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 35-turi doirasida navbatdagi ikki uchrashuv yakuniga yetdi.
Turning markaziy uchrashuvi «London derbisi»da kuzatildi. Mourino qo‘l ostidagi «Tottenhem» dastlab Lyakazet tomonidan gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, bahs yakunigacha Son Xyon Min va Alderveyreld tomonidan kiritilgan gollar evaziga ashaddiy raqibi «Arsenal» ustidan g‘alabaga erishdi – 2:1.
Bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 52taga yetkazgan Mourino jamoasi Arteta boshqaruvidagi klubni ortda qoldirib, 8-o‘ringa chiqqan bo‘lsa, «Arsenal» 50 ochko bilan 9-o‘ringa tushdi. 
Yana bir o‘yinda ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Aston Villa» Trezegening dubli evaziga «Kristal Pelas»ni mag‘lub etib, 18-o‘ringa ko‘tarildi.
APL. 35-tur.
Aston Villa – Kristal Pelas 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 45 Trezege, 2:0 – 59 Trezege.
Aston Villa – Reyna, Konsa, Mingz, Teylor (Targett, 37), Al-Muhammadi, Duglas Luis, Xurixeyn (Nakamba, 80), Grilish, Makginn, Trezege (El-Gazi, 88), Samatta (Devis, 80).
Kristal Pelas – Guaita, van Anxolt, Uord, Sako, Denn, Makartur (Makkarti, 46), Milivoyevich (Mayer, 75), Kuyate (Ridevald, 65), Zaa, Benteke, Ayyu (Taunsend, 65).
Chetlatish: Benteke (90).
 
Tottenhem – Arsenal 2:1
Gollar: 0:1 – 16 Lyakazett, 1:1 – 19 Son Xyon Min, 2:1 – 81 Alderveyreld.
Tottenhem – Loris, Ore, Alderveyreld, Devis, Sanches, Uinks, Lo Chelso (Skipp, 84), Lukas Moura (Bergveyn, 82), Sissoko, Son Xyon Min, Keyn.
Arsenal – Martines, Belerin (Soaresh, 84), David Luiz, Mustafi, Tirni (Uillok, 84), Sebalos, Jaka, Pepe (Saka, 70), Kolashinats (Nelson, 84), Lyakazett, Obameyang.
154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *