Goal24.uz » Transfer » Lautaro “Barsa”ga o‘tadi, biroq…

Lautaro “Barsa”ga o‘tadi, biroq…

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Yovich trendda!
 
Ispaniyaning “Real Madri” klubi hujumchisi Luka Yovich uchun kurash tobora avjiga chiqmoqda.
Yaqindagina “Lester” jamoasi tomonidan rasman taklif yuborilgan futbolchi bilan endilikda “Chelsi” ham jiddiy qiziqib qoldi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, London klubi Timo Verner bilan oldingi chiziqda aynan Luka Yovichni ko‘rishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz futbolchining o‘zi ham tezroq Madridni tark etish niyatida va allaqachon ingliz tilini o‘rganishni boshlab yuborgan.
Lautaro “Barsa”ga o‘tadi, biroq…

 Taniqli “DailMail”ning ma’lum qilishicha, “Barselona” Lautaro Martinesni qo‘lga kiritishdan voz kechmayapti.
Manbaning ma’lum qilishicha, endilikda Kataloniya klubi Filippe Koutinyoni sotsagina Lautaroni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, endilikda “Barselona’ Koutinyoning transferini sotib olishga qodir jamoa izlashni boshlab yubordi.
“Inter” transferlarga kirishadimi?
 
Milanning “Inter” klubi yozda katta tranfer kompaniyasini amalga oshirmoqchi.
“Le Gazzeta Della Sport” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa murabbiyi “Antonio Konte” klub rahbarlaridan kelasi mavsumda jamoani kuchaytirish maqsadida 180 million yevro ajratishini talab qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Antonio Konte “Yuventus” bilan raqobatlasha oladiga jamoa tuzishni istamoqda.
PSJ himoyachi izlamoqda

Parij klubi jamoani tark etgan Tomas Menyeni o‘rnini to‘ldirish uchun yangi qanot himoyachisi izlamoqda.
“Foot mercato” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa nishonida “Lion” klubi qanot himoyachisi Leo Dyubula turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Lion” o‘z futbolchisini sotmoqchi emas, biroq 40 million yervo evaziga Dyubulani qo‘yib yuborishi mumkin.
Lingarda ikkita variant bor
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Jessi Lingard yozda boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
“Liverpool Elcho”ning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” o‘z futbolchisini jamoada olib qolmoqchi emas. Shu sababli 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi bilan “Everton” va “Vest Hem” klublari jiddiy qiziqib qolgan.

280   
Добавить комментарий
Ваше имя: *