Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. “Napoli” va “Milan” to‘qnashuvida jangovar durang qayd etildi

A Seriya. “Napoli” va “Milan” to‘qnashuvida jangovar durang qayd etildi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 32-turida “Napoli” 12-iyul, yakshanba kuni “Milan”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Teo Ernandes milanliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari 34-daqiqada Jovanni di Lorensoning aniq zarbasi bilan javob qaytardi. 60-daqiqada Dris Mertens neapolliklarning ikkinchi golini urdi. Biroq ko‘p o‘tmay mehmonlar penalti ishlab oldi va 11 metrlik jarima zarbasini Frank Kissie aniq bajardi.
Ushbu natijadan so‘ng “Napoli” 52 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi. “Milan” (50) esa 7-pog‘onada bormoqda.
Jennaro Gattuzo shogirdlari keyingi turda “Bolonya” maydoniga safar qiladi. Milan shahri jamoasi esa “Parma”ni mehmon qiladi
A Seriya
32-tur bahslari
12-iyul, yakshanba

“Napoli” — “Milan” 2:2

Gollar: 0:1 – 20 Teo, 1:1 – 34 Di Lorenso, 2:1 – 60 Mertens, 2:2 – 73, penalti Kessie.
“Napoli”: Ospina, Di Lorenso, Kulibali, Mariu Ruy, Maksimovich, Zelinski, Fabian Ruis (Demme, 65), Insinye (Losano, 74), Lobotka (Elmaz, 65), Kalyexon (Politano, 84), Mertens (Milik, 74).
“Milan”: Donnarumma, Romanyoli, Teo, Konti, Kyer, Chalxono‘g‘lu (Bonaventura, 61), Lukas Paketa (Salemakers, 46), Bennaser, Kessie, Ibragimovich (Rafael Leau, 61), Rebich (Krunich, 88).
Ogohlantirishlar: Di Lorenso (9), Mariu Ruy (30), Teo (75), Konti (77), Salemakers (85).
Chetlatish: Salemakers (87).

“Jenoa” — SPAL 2:0

Gollar: 1:0 – 24 Pandev, 2:0 – 54 Shene.

“Fiorentina” — “Verona” 1:1

Gollar: 0:1 – 18 Faraoni, 1:1 – 90+6 Kutrone.

“Kalyari” — “Lechche” 0:0

“Parma” — “Bolonya” 2:2

Gollar: 0:1 – 3 Larangeyra, 0:2 – 16 Soriano, 1:2 – 90+3 Kurtich, 2:2 – 90+5 Ingleze.

“Udineze” — “Sampdoriya” 1:3

Gollar: 1:0 – 37 Lazanya, 1:1 – 45 Kualyarella, 1:2 – 84 Bonatssoli, 1:3 – 90 Gabbyadini.
168   
Добавить комментарий
Ваше имя: *