Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. Penalti, avtogol, chetlatish - autsayder «Lester» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

APL. Penalti, avtogol, chetlatish - autsayder «Lester» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 35-turi doirasida turnir jadvali autsayderlaridan biri «Bornumut» peshqadamlardan biri «Lester» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yinning 23-daqiqasida Vardi o‘z goli bilan mehmonlarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa-da, 66-daqiqaga kelib mezbonlar vakili Stanislas penaltidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Oradan bir daqiqa o‘tmay, darvozabon va himoyachilarning navbatdagi qo‘pol xatosi Solankening goli bilan yakunlandi – 2:1.
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin lesterliklar himoyachisi Suyunju o‘zini bosa olmay, to‘pni olib ketmoqchi bo‘lgan raqib futbolchisiga qo‘pollik qilib, kutilmaganda maydondan chetlatildi.
Ikki daqiqada ikkita gol qo‘yib yuborib, ustiga-ustak bir kishi kam bo‘lib qolgan Rojers shogirdlariga buyog‘iga havas qilib bo‘lmasdi. 83-daqiqada kuchli zarba Evansga tegib, farq ikkitaga oshgan bo‘lsa, 87-daqiqada Solanke «Bornmut»ning yirik g‘alabasini rasmiylashtirdi – 4:1.
Ushbu g‘alabadan keyin 19-o‘rindagi «Bornmut» 31 ochko bilan 18-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, 59 ochko bilan 4-o‘rinda borayotgan «Lester» esa hozircha o‘z o‘rnida qoldi. Dushanba kuni turning so‘nggi o‘yinida «MYU» «Sauthempton»ni mag‘lub etsa, «Chelsi» va «Lester»ni ortda qoldirib, 3-o‘ringa chiqib oladi.
APL. 35-tur. 12 iyul
Bornmut – Lester 4:1
Gollar: 0:1 – 23 Vardi, 1:1 – 66, penalti Stanislas, 2:1 – 67 Solanke, 3:1 – 83, avtogol Evans, 4:1 – 87 Solanke.
Bornmut – Remsdeyl, Kelli, Steysi, Ake (Kuk, 40), Riko, Gosling (Billing, 46), Bruks (Kuk, 81), Lerma, Dandjuma (Stanislas, 46), Uilson (Serrij, 90), Solanke.
Lester – Shmeyxel, Suyunju, Evans, Fuks, Djastin, Tilemans, Olbrayton (Bennett, 16), Ndidi, Peres (Barns, 71), Iheanacho (Prat, 46), Vardi.
Chetlatish: Suyunju (68).
200   
Добавить комментарий
Ваше имя: *