Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «MYU» skauti «Lokomotiv» - «Ufa» o‘yiniga tashrif buyurdi

«MYU» skauti «Lokomotiv» - «Ufa» o‘yiniga tashrif buyurdi

Автор: admin

"Manchester Yunayted" klubi skauti Krsto Kilibarda Rossiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Ufa" uchrashuviga tashrif buyurdi.
"Sport-Ekspress" nashri xabar tarqatishicha, Kilibarda Sharqiy Yevropadan futbolchi izlash bilan shug‘ullanadi. U "temiryo‘lchilar" yarim himoyachisi Aleksey Miranchukni kuzatish uchun kelgan bo‘lishi mumkin.
Ammo bugungi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Ufa"ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov tan olindi. "MYU" skauti hamyurtimiz o‘z yondaftarchasiga yozib qo‘ygan bo‘lsa ajab emas.
Manba: soccernews.ru
140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *