Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zinedin Zidan “Real”ning “Granada”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Zinedin Zidan “Real”ning “Granada”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Автор: admin

Madridning “Real” klubi Ispaniya La Ligasining 36-turi doirasida Toshkent vaqti bilan 13-iyuldan 14-iyulga o‘tar kechasi, soat 01:00 da safarda “Granada” bilan kuch sinashadi.

“Qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Uchrashuv qaydnomasiga to‘pig‘idagi jarohati sabab ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgan Eden Azar, shuningdek, sariq kartochkalari sabab o‘tgan turda maydonga tusha olmagan Serxio Ramos kiritilgan.
Yarim himoyachi Xames Rodriges esa yana bir bor Zidanning rejalaridan chetda qolgan.
O‘yin qaydnomasiga kiritilgan 23 nafar futbolchi bilan tanishing:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Ferlan Mendi, Rafael Varan, Xavi Ernandes, Migel Gutyerres.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.
Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Marko Asensio, Braim Dias, Vinisius Junior,
Rodrigo Goes.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *