Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” prezidenti Messi qachongacha jamoada qolishini aytdi

“Barselona” prezidenti Messi qachongacha jamoada qolishini aytdi

Автор: admin

Messi qachongacha Kataloniyada to‘p suradi?
Kataloniya klubi rahbari Xosep Bartomeu jamoasining 33 yoshli etakchisi Lionel Messining kelajagi haqida gapirdi.
Biz doim Messi haqida gapirganmiz va gapiramiz ham. Biz u bilan muzokaralarni qayta tiklaymiz. U faoliyatini shu erda yakunlanishini bildirgan. Uning o‘yini, o‘z usulini o‘yinga moslay olish qobiliyati odamni hayratga soladi. U har yili qandaydir yangilikni ko‘rsata oladi. Yildan yilga ko‘p gol uryapti va golli paslarining soni ham ortib bormoqda. Men Messining 2025 yilda ham “Barsa”da to‘p surayotganini tasavvur qilyapman, - dedi Bartomeu.
Messining amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi. Yaqinda Lionel aynan Bartomeuning boshqaruv tizimi yoqmaganligi sababli yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan edi.
134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *