Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp: “Liverpul”dan ketaman

Klopp: “Liverpul”dan ketaman

Автор: admin

Uning o‘z rejasi bor
30 yillik tanaffusdan so‘ng, “Liverpul”ga chempionlikni taqdim etgan Yurgen Klopp klubdagi kelajagi haqida gapirdi.
- “Liverpul”ni yana to‘rt yil boshqaraman va ketaman. Ketganimdan keyin bir yil davomida hech narsaga qo‘l urmayman. Undan keyin  biror klubni yoki terma jamoani boshqararman. Lekin bu besh yil davomida hayotda ko‘p narsa o‘zgarib ketishi ham mumkin, - dedi Klopp.
53 yoshli murabbiy “Liverpul”da 2015 yildan buyon ishlab kelmoqda. Uning qo‘l ostida liverpulliklar Chempionlar ligasi va Angliya premer-ligasida g‘olib bo‘ldi. Bosh murabbiyning klub bilan shartnomasi 2024 yili yakunlanadi.
138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *