Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Maqola. "Manchester Siti"ni kuchaytirishi mumkin bo'lgan besh nafar markaziy himoyachi

Maqola. "Manchester Siti"ni kuchaytirishi mumkin bo'lgan besh nafar markaziy himoyachi

Автор: admin

Bugun Pep Gvardiola jamoasi himoyasini "tintuv qilamiz".
2019-20 yilgi mavsum Pep Gvardiola xohlaganidek o'tmayapti. Bir nechta ajoyib o'yinlarga ("Liverpul"dan qaqshatqich mag'lubiyat, albatta chempionlik hal bo'lgandan keyin yirik hisobda yutgan bo'lsa-da) qaramay, uning jamoasi qoqilishni davom ettirdi va "Norvich", "bo'rilar" va "Tottenxem"dan mag'lubiyatga uchrash, muammolar etarli ekanligini aniq ko'rsatib bermoqda, ayniqsa, himoyada.
Kataloniyalik mutaxassis mavsum boshida markaziy himoyaga Fernandino va Erik Garsiyani qo'ydi, ular jamoadan ketgan Vensan Kompanining o'rnini to'ldirishlari lozim edi. Afsuski, hech qanday samara kuzatilmadi. Bundan tashqari, Emerik Lyaport jarohat oldi, Jon Stounz va Nikolas Otamendi doimiy ravishda xato qilishdi.
Agar "shaharliklar" mamlakatning eng kuchli klubi maqomini olishga umid bildirishsa, tarkibni – ayniqsa, himoyani kuchaytirishlariga to'g'ri keladi. Xo'sh, ular kimni sotib olishlari kerak?
Quyida "Manchester Siti" sotib olishi mumkin bo'lgan 5 ta markaziy himoyachini taqdim etamiz:

5. David Alaba
Leroy Sane kutilganidek, "Bavariya"ga o'tdi va uning ketishidan topilgan pullar nemis klublaridan o'yinchi jalb qilish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, David Alaba uchun. Gvardiola uni yaxshi taniydi: 28 yoshli avstriyalik hatto, Pep "Bavariya"da ishlagan chog'da markaziy himoyachi sifatida ham harakat qilgan.

Oldin "Bavariya" Sane bilan kelishuvga erishgan taqdirda, "Siti" uni Alabaga almashtirishga harakat qilishini aytgandik, ammo bunday bo'lmadi, bu esa ushbu transfer amalga oshishi imkoniyatini pasaytirdi. Afsuski, shunday. Aqlli, intizomli va o'z kuchiga ishongan, dadil himoyachi "shaharliklar"ga juda mos kelgan bo'lardi.

4. Ruben Diash
"Benfika" markaziy himoyachisi har bir jamoani qiziqtirib qo'ygan va portugaliyaliklar u uchun 90 million evro so'rashyapti. Avvalroq, Rubenga "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublaridan taklif tushgan, ularni tushunish mumkin: 23 yoshli portugaliyalik uzoq vaqtdan beri Superligada o'ynab keladi va har qanday jamoani o'z ortidan ergashtira oladi. "Benfika"ga kelsak, klub har doim o'z iqtidorlarini katta foyda bilan "pullagan": Ederson, Raul Ximenes, Joau Felish va Nelson Semedu shular jumlasidan.

Diash o'ng oyoqda o'ynashni afzal ko'radi. Agar qoldirilmaganida, Evro-2020da uni ko'rishimiz mumkin edi. U mohirlik bilan raqibdan to'pni olib qo'yadi va ikkilanishlarsiz "podkat" tashlaydi. Diash tajovuzkor futbolchi bo'lgani bilan doim ham kartochka olavermaydi. Bundan tashqari, Ruben pas berishda ustasi farang, ehtimol, Lyaport uchun ideal juftlik. Asosiy muammo – narxi qimmat ekanligi.

3. CHaglar Suyunju
Premer-ligada CHaglar Suyunju darajasidagi futbolchi turganda, siz APLdan tashqariga qaramasligingiz kerak, aslida.
Turk Brendan Rojers jamoasiga katta tasir ko'rsatdi, Jonni Evans bilan ham yaxshi o'ynab ketdi – buni kim bashorat qilishi mumkin edi? 
"Frayburg" sobiq futbolchisi "Lester"da paydo bo'lgach, hech kim undan nimani kutishni bilmasdi. U Garri Maguayrni almashtirishi kerak edi va buni epladi.

"Tulkilar" Suyunjuning sharofati bilan mavsumning katta qismini ajoyib o'tkazishdi, ammo agar Pep qo'ng'iroq qilsa, uni "Lester"da ushlab turishlari dargumon. U 24 yoshda – hali hammasi oldinda. Hozircha CHaglar uchun 40 million funt so'rashmoqda. Menimcha, bu ayni paytda uni sotib olish uchun juda yaxshi summa.

2. Kalidu Kulibali
Kalidu Kulibali uchun kurashda birinchi o'rinda aynan "shaharliklar" turganligi ko'p manbalarda takidlanmoqda. Senegallik og'ir kunlarni boshdan kechirayotgan "Napoli"ni tark etishi mumkin, ammo u o'zi uchun qaysi klubni tanlashi kerak? U zamonaviy futbolning eng yaxshi himoyachilaridan biri ekanligini inobatga olsak, hamma ham uni osonlikcha qo'lga kirita olmaydi.
Kalidu Kulibali 28 yoshda – u ushbu ro'yxatda keltirilganlarga qaraganda ancha tajribali. Kulibali shubhasiz, Vinsent Kompanining o'rnini egallay olishi mumkin bo'lganlar orasida etakchi.

Kulibali Gvardiola himoyachidan kutadigan barcha fazilatlarga ega. U etakchi va assistent, ko'pincha, gollar ham urib turadi. "Siti" u bilan standartlarni muvaffaqiyatli yakunlash bo'yicha yanada kuchayishi mumkin. Senegallik "Siti"ni yangi bosqichga olib chiqishga qodir, o'z o'rnida Gvardiola ham Kulibalini yanada kuchli o'yinchiga aylantirishi mumkin. Bitta muammo: "Siti"ning CHempionlar Ligasida o'ynamaslik ehtimoli mavjudligi.

1. Milan SHkrinyar
"Manchester Siti"ning har qanday muxlisi xohlaydigan transfer SHkrinyardir. Slovak so'nggi yillarda katta o'sishga erishdi va haqiqiy yulduzga aylandi.
Kuchli markaziy himoyachiga muhtoj bo'lgan "Siti" bundan yaxshiroq variantni topishi qiyin. 25 yoshli SHkrinyar Gvardiola taktikasiga har tomonlama mos: ikkinchi qavatda alo darajada o'ynaydi, barcha taktikalarga moslasha oladi va uzatmalarda ham chakki emas. 

Kuchli, o'ziga ishongan va qatiyatli himoyachi shunchaki “shaharliklar" uchun "yaratilgan". Uning yagona kamchiligi – tezligi pastligi. Ammo bu unchalik muhim emas, chunki u doim to'g'ri poziciya tanlash va qayerda paydo bo'lishni biladi.
Afsuski, SHkrinyarning amaldagi shartnomasi 2023 yilda tugaydi, shuning uchun buyog'i qimmatga tushishi mumkin.
199   
Добавить комментарий
Ваше имя: *