Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Vidal – La Liganing eng samarali futbolchisi

Vidal – La Liganing eng samarali futbolchisi

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal Ispaniya chempionatining eng samarali futbolchisi bo‘lib turibdi.
Kataloniyaliklar matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 33 yoshli chililik bu mavsumda raqib darvozasiga 23ta aniq zarba yo‘llagan bo‘lsa, shundan 8tasi gol bo‘lgan. Ya’ni samaradorlik 34,78 foizni tashkil qilgan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Vidalning eng yaqin ta’qibchisi «Valensiya» yarimhimoyachisi Daniel Parexo hisoblanadi - 26,67 foiz.
Keyingi o‘rinlarni himoyachi Serxio Ramos («Real Madrid», 26,32 foiz), hujumchi Maksi Gomes («Valensiya», 25,64 foiz), hujumchi Luis Suares («Barselona», 20,83 foiz) va yarimhimoyachi Anssumane Fati («Barselona», 20,69 foiz) egallab turibdi.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *