Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Tottenhem» futbolchisining akasini otib ketishdi

«Tottenhem» futbolchisining akasini otib ketishdi

Автор: admin

Londonning «Tottenhem» klubi himoyachisi Serj Orening akasi Kristofer Ore qotillik qurboni bo‘ldi. 
Le Point & Europe 1 xabariga ko‘ra, Kristoferni bugun, dushanba kuni saharlab Fransiyaning Tuluza shahridagi tungi klub ro‘parasida otib ketishgan. 
Qayd etilishicha, o‘q Orening qorin qismiga otilgan. Kristofer zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, og‘ir tan jarohati olgani sababli shifokorlar uning hayotini saqlab qololmadilar.
Qotillikni amalga oshirgan jinoyatchilar voqea joyidan yashiringan. Fransiyada jinoyatchilarni topish bo‘yicha qidiruv ishlari boshlangan.
107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *