Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLda 5-o‘rinni egallagan jamoa Chempionlar Ligasiga chiqmaydi

APLda 5-o‘rinni egallagan jamoa Chempionlar Ligasiga chiqmaydi

Автор: admin

Sport arbitraj sudining (CAS) «Manchester Siti» klubi ishi bo‘yicha chiqargan qarori Angliya Premer-Ligasi klublari orasida Chempionlar Ligasi yo‘llanmalari taqsimotiga ta’sir ko‘rsatdi.
UEFA bahorda «shaharliklar»ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan deb topib, yevrokuboklardan 2 mavsumga chetlatib, 30 mln yevro miqdorida jarimaga tortgan edi. Natijada, Angliya Premer-Ligasi jadvalida 5-o‘rinni egallagan klub ham Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘lishi mumkin edi.
CAS UEFA qarorini bekor qilganidan so‘ng, taqsimot o‘zgarmaydigan, ya’ni, dastlabki 4ta klub Chempionlar Ligasiga, 5-o‘rin egasi esa Yevropa Ligasiga chiqadigan bo‘ldi.
APL 35 turidan keyin yuqori to‘rtlikdan «Liverpul», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Lester Siti» klublari joy olgan. 5-o‘rinda «Manchester Yunayted» bormoqda.
186   
Добавить комментарий
Ваше имя: *