Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Liverpul» uchun qay bir transfer muhim?

«Liverpul» uchun qay bir transfer muhim?

Автор: admin

Goal24.uz 30 yillik tanaffusdan so‘ng, APL taxtiga chiqqan “Liverpul” jamoasining amalga oshirishi kutilayotgan transferi borasida fikr almashadi.
Tiago Alkantaraning “Liverpul” jamoasiga o‘tishi borasidagi mish-mishlar shu darajfda ko‘payib ketdiki, hatto nemis jamoasi prezidenti Karl-Hayns Rummenigge ham rasmiy bayonot bilan chiqishga majbur bo‘ldi.
“Biz bilan hozircha “Liverpul” aloqaga chiqqani yo‘q. Agar Tiagoning o‘zi boshqa jamoaga o‘tishni istasa, muzokaralar olib borishimizga to‘g‘ri keladi. U faoliyati so‘nggida o‘zini yangi chempionatda sinab ko‘rishni istamoqda. Biz uning ketishiga rozimiz, biroq tekinga emas! Bunisi aniq!”
Darhaqiqat, “Bavariya” ispaniyalik futbolchini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas. U bilan o‘rtadagi shartnoma 2021-yilda o‘z yakuniga yetishini inobatga olsak, yozda uni sotib yuborish uchun eng qullay palla. Keyinroq barcha klublar Alkantarani tekinga qo‘lga kiritish payida bo‘lib qoladi. Yaqindagina Kloppning o‘zi ham yarim himoyachining o‘yinlaridan zavq olishini rasman ma’lum qildi. Hozircha tomonlar qiziqishni oshirishga harakat qilmoqda.
Tiagoning “joker” qartasi bormi? Bor bo‘lsa u nimada?
Tiagoni “Bavariya”da taktik siqib qo‘yishdi. Avvalroq qahramonimiz maydon markazida erkin to‘p tepgan bo‘lsa, endilikda undan so‘nggi pasni Kimmix va Myuller tortib olmoqda. Qo‘shimchasiga, bugungi “Bavariya” uchun Alkantara qora ishlarni bajaruvchi tayanch yarim himoyachisi sifatida kerak xolos. Shunday bo‘lsada, Tiago o‘ziga yuklatilgan vazifani munosib uddalmoqda. U yakkakurashlarda g‘olib chiqish borasida jamoada Alfonso Devisdan keyingi o‘rinda bormoqda. Soddaroq qilib aytganda, ikkinchi Xavi deb taxmin qilingan ispan allaqachon “Buskets” aylanib qoldi. Shuningdek, uning o‘yin uslubi Xabi Alonsoni ham eslatib yuboradi.
Bu o‘xshatish bejizga emas. Alkantara o‘yin davomida ijro etgan uzatmalarining 90,5 foizi manziliga aniq yetib bormoqda. U o‘yin davomida eng ko‘ppas ijro etuvchilar orasida jamoadagi 3 ta eng yaxshi futbolchidan biri sanaladi. Bu uning APLdagi faoliyatida juda qo‘l kelishi mumkin. Eng muhimi, Alkantara uzun paslar borasida istalgan futbolchi bilan bahslasha oladi. “Qizillar”ning bugungi kundagi asosiy hujum quroli Trentva Robertsonvertikal futbol namoyish etishi uchun uzun paslar juda muhim. Maydon markazida Tiagoning bo‘lishi, himoyachilarning o‘yin chog‘idagi effektini yanada oshirishi mumkin. Bugungi “Liverpul”ning markazidan o‘rin olgan Fabinyo, Henderson va Veynaldumo‘yin tempini belgilab berishga qodir emas. Bundan tashqari, mayda passar borasida ham ular Alkantara bilan bellasha olmaydi. Agar “Liverpul” ispanni o‘z safiga qo‘shib olsa, bu transfer jamoaning o‘yinini yanada rang-barang bo‘lishini ta’minlashi aniq.
Xaverts yoki Tiago? Qay biri muhimroq?
Bugungi kunda Kay uchun kurash avjiga chiqqan bo‘lishi mumkin, biroq uning uchun da’vogarlik qilayotgan asosiy jamoalarda mablag‘ yo‘q. “Bavariya” moliyaviy muammolar girdobida qolgani bois, 100 million sarf etmoqchi emas. Hatto futbolchining agenti bilan klub rahbarlari uchrashgan va uni yana bir mavsum sabr qilishga ko‘ndirmoqchi ham bo‘lgan. “Chelsi” allaqachon rejadan ortiqroq xaridni amalga oshirib bo‘ldi. PSJ variant Xavertsga ma’qul emas. U ikkinchiDraksler bo‘lishni istamayapti. Shunday ekan, transfer bozorida “Liverpul”dan boshqa puli bor xaridor qolgani yo‘q. Xo‘sh, bu transfer qanchalar “Liverpul” uchun naf berishi mumkin. Katta ehtimol bilan bu omadsizlikka uchrashi aniq bo‘lgan proyekt. Sababi, Klopp shogirdlari maydon markazida 3 ta yarim himoyachi bilan to‘p suradi. Ularning har biri mahsus reja bilan maydonga tushadi. Kay esa, erkin ijodkor. Unga kattaroq masofa va erkin amplua lozim. Afsuski, Klopp 3 ta hujumchi bilan to‘p surgani bois, yarim himoyachiga bunday erkinlikni taqdim eta olmaydi. Agar Kay sotib olinsa, markazda ikkita tayanch yarim himoyachisi bilan harakat qilish lozim. Bu esa, fulbeklarini to‘psiz qolib ketishiga olib kelishi mumkin. Soddaroq qilib aytganda, Klopp bir necha yillar davomida shakllantirgan o‘yin uslubidan voz kechishi talab etiladi. Bu birgina futbolchi uchun hech qachon o‘zgartirmasligi aniq. Shu sababli, Kayning “Enfild”ga ko‘chib o‘tishi deyarli imkonsiz. Sababi, bugungi “Liverpul”ning hujumkor yarim himoyachiga muhtojligi yo‘q. Bir vaqtning o‘zida tayanchda va markazda to‘p surishga qodir super universal Alkantaraning transferi ko‘proq naf beradi. Sababi, Yurgen Kloppning jamoasida ispan futbolchisiga o‘xshash ijrochi yo‘q. Henderson, Veynaldum, Fabinyo, Chemberlenumuman boshqa toifadagi yarim himoyachilar sirasiga kiradi.
Bu mavsumda Tiago himoyalanishda ham ajoyib o‘sishga erishdi. Agar “Liverpul” uni sotib olsa, hujumda ham (to‘p bilan ajoyib tarzda muomalada bo‘ladi),himoyada ham (jamoaviy pressingda juda faol) birdek faol futbolchini qo‘lga kiritadi.
Alkantara “Liverpul”ning asosiy tarkibiga kira oladimi?
Tan olish lozim, Tiago “Bavariya”da motivasiyani to‘liq yo‘qotib bo‘ldi. Gap shundaki, “Bavariya” buni yaxshi anglab turibdi. Shu sababli, uning ketishi ikki tomon uchun ham katta naf berishi turgan gap. Tiagoga “Liverpul”da “o‘zini” topib olishi osonroq bo‘ladi. Uning formatidagi futbolchilar “Manchester Siti” va boshqa top ingliz klublarida yaxshi o‘rnashib olganini inobatga olsak, Tiagoning “Liverpul” zaxirasida qolib ketishiga ishonish mushkul. Boz ustiga, “Bavariya”dek kuchli raqobat mavjud bo‘lgan klubda “yo‘qolib qolmagan” ispan APLda ham o‘zini ko‘rsatishga qodir. Bejizga Tiagoning o‘zi “Liverpul”ga o‘tish ishqida yonmayapti. Sababi, u yangi jamoasida chinakam yetakchi bo‘lishiga ko‘zi yetmoqda. Gap shundaki, “Bavariya” o‘yin strukturasiningasosiy planida Levandovski, Myuller va Kimmixo‘rin egallagan. Tiago esa, katta mehnat qilishiga qaramay kadr ortida qolib ketmoqda. “Liverpul”da esa, aynan u markazdagi asosiy uzatmalar egasi sifatida “ochilishi” mumkin. O‘z vaqtida Kroos ham aynan shu vaj sababli Myunxenni Madridga almashtirgan edi.
Ayni damda ispaniyalik futbolchizerikarli chempionatni faqat “Liverpul” uchungina tark etmoqchi. To‘g‘ri, u endi yosh va iqtidorli futbolchi emas. Boz ustiga, bu yil Alkantara 29 yoshni qarshi oldi. Shunga qaramay, bu muammolar “Liverpul”ni qo‘rqitmasligi lozim. Uzatmalar ustasi “Liverpul” bilan shartnoma imzolasa, maydon marazidagi kreativlik keskin ko‘payadi. Birgina Trentning aniq uzatmalari mersisaydliklarni chempion bo‘lishiga turtki bergan paytda, Alkantara jamoa muxlislari uchun chinakam sovg‘a bo‘lishi turgan gap.
206   
Добавить комментарий
Ваше имя: *