Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Liverpul" kelasi mavsum ham chempion bo‘la oladimi? Jamoaning sobiq futbolchisi bu savolga javob berdi

"Liverpul" kelasi mavsum ham chempion bo‘la oladimi? Jamoaning sobiq futbolchisi bu savolga javob berdi

Автор: admin

Ular transfer bozorida faol bo‘lishmaydi.
“Liverpul” klubi sobiq futbolchisi Jeymi Karrager mersisaydliklar kelasi mavsum ham APLda chempion bo‘la olishlari mumkinligini aytdi.
“Kelasi mavsum hammasi boshqacha bo‘ladi. Klublar futbolchilar sotib olishadi va futbolchilarni sotib yuborishadi. “Liverpul” esa transfer bozorida faol bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Jamoa ajoyib tarkibga ega, ammo hujum chizig‘iga bir nechta yangi futbolchilar sotib olinsa yaxshi bo‘lardi, deb hisoblayman. Faqat kelasi mavsumdagina biz klub siyosati to‘g‘riligini baholay olamiz.
“Liverpul” kuch jihatidan kelasi mavsum ham chempionlikni qo‘lga kirita olishiga ishonaman”, - deydi Karrager.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa bu mavsum muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi.
175   
Добавить комментарий
Ваше имя: *