Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiolaning ishtahasi ochildi: 200 mln yevroga 3 futbolchi...

Gvardiolaning ishtahasi ochildi: 200 mln yevroga 3 futbolchi...

Автор: admin

Xabaringiz bor, bugun "Manchester Siti" keyingi mavsumda ham yevrokuboklarda ishtirok etish huquqini saqlab qoldi. Sport arbitraj sudi ayni shu huquqni ta’minlovchi yakuniy qarorni e’lon qildi.
Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, shu tufayli yozda "shaharliklar" transferlar uchun mablag‘ni tejashmaydi. Xosep Gvardiola zudlik bilan uchta eng yaxshi ijrochiga muhtojligini ma’lum qildi.

Murabbiy yangi markaziy himoyachi, yangi chap qanot va yangi qanot himoyachisi sotib olinishini istamoqda. Bu uch futbolchi uchun taxminan 200 million funt sarflanishi rejalashtirilgan.

Markaziy himoyachi pozisiyasi uchun ustuvor tanlov Kalidu Kulibali bo‘ladi. Uni "Napoli"dan 75 million funtga sotib olish mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Manba: football24.ru
139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *