Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga 10 va 11-tur taqvimiga o‘zgarish kiritildi

Superliga 10 va 11-tur taqvimiga o‘zgarish kiritildi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing taqvimida o‘zgarish yuz berdi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, mamlakat hududida dam olish kunlari karantin qoidalari kuchaytirildi va avtomobillar harakati cheklandi. Shu sabab PFL yaqinlashib kelayotgan 10 va 11-turga o‘zgarish kiritdi.
Qaror qabul qilish vaqtida U-21 jamolarning o‘yini ham inobatga olingan, bahslar seshanba, chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, PFL Superliga o‘yinlarini Toshkent shahrida markazlashgan holda o‘tkazish g‘oyasi amalga oshirilmasligini ma’lum qildi. Superliganing 6 klubi mazkur taklifga rad javobini bergan. Tashkilot ushbu masalani hozircha kun mavzusidan chiqardi.
Superliga 10 va 11-tur taqvimi bilan tanishing:
Coca-Cola Superliga
10-tur bahslari
21-iyul, seshanba
19:00 “Surxon” — “Navbahor”
19:00 “Nasaf” — “So‘g‘diyona”
22-iyul, chorshanba
19:00 “Mash’al — “Andijon”
19:00 OKMK — “Lokomotiv”
23-iyul, payshanba
19:00 “Qo‘qon-1912” — “Paxtakor”
19:00 “Qizilqum” — “Buxoro”
19:00 “Bunyodkor” — “Metallurg”
11-tur bahslari
28-iyul, seshanba
19:00 “So‘g‘diyona” — “Bunyodkor”
19:00 “Navbahor” — “Mash’al”
29-iyul, chorshanba
19:00 “Paxtakor” — “Nasaf”
19:00 “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912”
19:00 “Buxoro” — “Surxon”
30-iyul, payshanba 
19:00 “Andijon” — OKMK
19:00 “Metallurg” — “Qizilqum”
507   
Добавить комментарий
Ваше имя: *