Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Real" va "Barselona" qiziqqan futbolchining taqdiri hal bo‘lish arafasida

"Real" va "Barselona" qiziqqan futbolchining taqdiri hal bo‘lish arafasida

Автор: admin

"Napoli" yaqin orada ispaniyalik yarim himoyachi Fabian Ruiz bilan shartnomani uzaytirishi mumkin, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterida.
Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi futbolchiga 3,2 million yevro maosh bilan yangi shartnoma taklif qilgan.
Avvalroq Ruiz "Real" va "Barselona" qiziqishlari doirasiga kirganligi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu mavsumda 24 yoshli Ruiz "Napoli" uchun barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuv o‘tkazdi, uchta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.
Manba: soccernews.ru
167   
Добавить комментарий
Ваше имя: *