Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » La Liga. “Real” safarda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

La Liga. “Real” safarda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 36-turida “Real” 13-iyul, dushanba kuni “Granada” maydoniga safar qildi.
Uchrashuv birinchi bo‘limida ustunlik to‘liq madridliklar tomonida bo‘ldi va “Real” futbolchilari buni hisobda ham aks ettira oldi. 10-daqiqada Ferlan Mendi qanotdan yorib kirdi va o‘tkir burchakdan kuchli zarba yo‘llab, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan ko‘p o‘tmay Karim Benzema o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida maydon egalari hisobni qisqartirdi. Kazemironing maydon markazidagi xatosidan keyin Darvin Machis “Granada”ning ilk golini urdi. Tanaffusdan keyin Zinedin Zidan shogirdlari biroz tempni tushurdi va maydonda teng kurash kechdi. Bo‘lim yakuniga borib mezbonlar bosimni oshirdi, biroq “Real” o‘yinchilari himoyada ishonchli harakat qila oldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolarini 83 taga yetkazib oldi va musobaqa tugashiga ikki tur qolganida eng yaqin ta’qibchisi “Barselona”ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. Keyingi turdagi g‘alaba madridliklarni chempionga aylantiradi.
La Liga
36-tur bahsi
13-iyul, dushanba

“Granada” — “Real Madrid” 1:2

Gollar: 0:1 – 10 Mendi, 0:2 – 16 Benzema, 1:2 – 50 Machis.
“Granada”: Ruy Silva, Duarte, Dias (Puertas, 46), Herman Sanches, Fulke (Montoro, 55), Aziz, Jil Diash, Viko (Eteki, 75), Errera (Antonin, 75), Machis (Keybashi, 85), Fernandes.
“Real Madrid”: Kurtua, Ramos, Mendi, Karvaxal, Varan, Kazemiro, Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Modrich, Valverde (Asensio, 64), Benzema.
Ogohlantirishlar: Mendi (17), Duarte (46), Jil Diash (58), Kurtua (90).
210   
Добавить комментарий
Ваше имя: *