Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. “Inter” irodali g‘alaba qayd etib 2-o‘ringa ko‘tarildi

A Seriya. “Inter” irodali g‘alaba qayd etib 2-o‘ringa ko‘tarildi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 32-turida “Inter” 13-iyul, dushanba kuni “Torino” bilan o‘ynadi.
Dastlab mehmonlar 17-daqiqada Andrea Belottining golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘limda milanliklar bunda uchta to‘p bilan javob berdi. 48-daqiqada Eshli Yang hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Diyego Godin “Inter”ning ikkinchi golini urdi.
61-daqiqada Lautaro Martines hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Inter” ochkolarini 68 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va peshqadam “Yuventus”dan 9 ochko ortda qolmoqda
A Seriya
32-tur bahsi
13-iyul, dushanba

“Inter” — “Torino” 3:1

Gollar: 0:1 – 17 Belotti, 1:1 – 48 Yang, 2:1 – 51 Godin, 3:1 – 61 Martines.
“Inter”: Handanovich, D`Ambrozio (Biragi, 71), Bastoni, Godin (Shkrinyar, 76), Yang (Kandreva, 71), Valero, Brozovich, Sanches, Galyardini, de Vrey, Martines (Eriksen, 84).
“Torino”: Sirigu, Ayna, Ansaldi (Berenger, 64), Nkulu, de Silvestri (Singo, 64), Verdi (Milliko, 76), Rinkon, Itsso, Meyte (Lukich, 64), Bremer, Belotti.
Ogohlantirishlar: Godin (21), Ayna (24), Meyte (30), de Silvestri (49), Brozovich (60), Sanches (62), D`Ambrozio (69), Biragi (86).
194   
Добавить комментарий
Ваше имя: *