Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona»ning pandemiya tufayli ko‘rgan zarari miqdori aniq bo‘ldi

«Barselona»ning pandemiya tufayli ko‘rgan zarari miqdori aniq bo‘ldi

Автор: admin

«Barselona» klubi koronavirus pandemiyasi paytida taxminan qancha zarar ko‘rgani hisoblab chiqildi. "Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko‘ra, klubning zarari 100 million yevroga teng bo‘ldi.
«Barselona»ning 2019/2020 yilgi mavsumdagi daromadi 1 milliard 47 million yevroga teng bo‘lishi kutilmoqda. Kataloniyaliklar joriy mavsumda 1,1 milliard yevro daromad topib, moliyaviy yilni foyda bilan yakunlashni ko‘zlashgan edi.
Pandemiya tufayli klub do‘konlari, muzeyi yopildi. Shuningdek, jamoa o‘z uyidagi 6ta uchrashuvni muxlislarsiz o‘tkazdi.
"Ko‘k-anorranglilar" futbolchilarning maoshlarini 12%ga kamaytirish, Arturni «Yuventus»ga sotish (80 million yevro) va Neymar ishi bo‘yicha sudda «Santos» ustidan g‘alaba evaziga o‘z byudjetini nisbatan barqarorlashtirdi.
Manba: bombardir.ru
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *