Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Real” La Ligada XXI asr rekordini o‘rnatdi

“Real” La Ligada XXI asr rekordini o‘rnatdi

Автор: admin

“Real” Ispaniya chempionatining 36-turida “Granada” maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 10-daqiqada Ferlan Mendi tomonidan ochildi. Bu himoyachi uchun Madrid klubi safidagi 1-gol bo‘ldi.
Shu tariqa Mendi “Real” safida La Liganing 2019/20-yilgi mavsumida gol urgan 21-o‘yinchiga aylandi. Bleacher Report xabariga ko‘ra, bir mavsum davomida bir jamoa safida buncha ko‘p futbolchining gol urishi XXI asrda ilk marta qayd etildi.
“Qirollik klubi” musobaqa yakunlanishiga 2 tur qolganida 83 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. Jamoa 2-o‘rinda borayotgan “Barselona”ni 4 ochkoga (79) ortda qoldirmoqda. Keyingi turdagi g‘alaba madridliklarni chempionga aylantiradi
205   
Добавить комментарий
Ваше имя: *