Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Ispaniyada Chempionlar Ligasining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Ispaniyada Chempionlar Ligasining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Ispaniya chempionatining 36-turidan keyin Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi barcha klublar ma’lum bo‘ldi.
«Atletiko» o‘z maydonida «Betis»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Sevilya» o‘z uyida «Malorka» darvozasiga javobsiz 2ta to‘p kiritdi. Natijada, «Atletiko» va «Sevilya» 66 ochko jamg‘arishdi va Chempionlar Ligasining 2020/21 mavsumi guruh bosqichida ishtirok etishi oydinlashdi.   
Avvalroq, «Real» va «Barselona» klublari Chempionlar Ligasi yo‘llanmalarni muddatidan oldin qo‘lga kiritishgan edi.
Ayni paytda Ispaniya chempionatida 83 ochko jamg‘argan «Real» peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi «Barselona» hisobida 79 ochko bor.
147   
Добавить комментарий
Ваше имя: *