Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Belyerin «Arsenal»ni tark etish uchun bor kuchini ishga solmoqchi

Belyerin «Arsenal»ni tark etish uchun bor kuchini ishga solmoqchi

Автор: admin

Germaniyaning Sky nashri tarqatgan ma’lumotga qaraganda, Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belyerin jamoani tark etishni xohlamoqda.
Ispaniyalik futbolchining agenti Myunxenning «Bavariya» klubi bilan muzokara olib borishga harakat qilmoqda. Myunxenliklar futbolchiga qiziqish bildirishgandi, ammo, germaniyaliklar ispaniyalik himoyachini batafsil o‘rganib chiqqanlaridan so‘ng, ushbu bitimdan voz kechishgandi.
Himoyachi o‘z jamoasining hozirgi holatidan juda norozi. Belyerin hech bo‘lmasa YECHLda ishtirok etadigan biror bir klubga o‘tishni xohlamoqda.
Taxmin qilinishicha, futbolchi «Arsenal»ni tark etish uchun bor kuchini ishga soladi. Uning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.
165   
Добавить комментарий
Ваше имя: *