Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Manchester Yunayted” 7 yil oldin Aleks Fergyuson qo‘l ostida qayd etilgan natijani takrorladi

“Manchester Yunayted” 7 yil oldin Aleks Fergyuson qo‘l ostida qayd etilgan natijani takrorladi

Автор: admin

“Manchester Yunayted” Angliya Premyer Ligasining 35-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Sauthempton” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuv Manchester shahridagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Garchi “qizil iblislar” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqargan bo‘lsa ham o‘yin natijasi Ole-Gunnar Sulsher jamoasi uchun ahamiyatli bo‘ldi.
Gap shundaki, klubning mag‘lubiyatsiz seriyasi 18 taga yetdi (shularning 11 tasi APLda). “Manchester Yunayted” oxirgi marta 22-yanvar sanasida Angliya chempionati doirasida o‘tkazilgan “Byornli” qarshi bahsda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Ta’kidlash joiz, Manchester klubi so‘nggi bor bunday natijani 2013-yilda, ser Aleks Fergyuson davrida qayd etgan.
35-turdan keyin “Manchester Yunayted” 59 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
142   
Добавить комментарий
Ваше имя: *