Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Reshford - «PSJ»ning asosiy transfer maqsadiga aylandi

Reshford - «PSJ»ning asosiy transfer maqsadiga aylandi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» forvardi Markus Reshford Fransiyaning amaldagi chempioni «Pari Sen-Jermen»ning asosiy transfer maqsadiga aylandi, deya yozmoqda The Independent.
Manbaning xabar berishicha, 22 yoshli hujumchini «PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasi safida ko‘rishni istamoqda. Klub rahbariyati ham ushbu transferga qiziqish bildirgan. Parij klubi Kilian Mbappe Madridning «Real» klubiga o‘tishni istagan taqdirda, fransiyalik goleador o‘rniga aynan angliyalik to‘purarni taklif etishni ko‘zlamoqda. «PSJ» «MYU» Reshfordni kamida 100 million funtga baholashiga qaramay, Markusni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Reshfordning «MYU» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha imzolangan bo‘lib, kelishuvda shartnomani yana bir yilga uzaytirish bandi ham qo‘shilgan.
Ma’lumot uchun, angliyalik 22 yoshli hujumchi APL joriy mavsumida 28 o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol va 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *