Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp: «Siti» Chempionlar ligasida o‘ynamasa, APL yangi mavsumida hech kimga imkoniyat qoldirmasdi»

Klopp: «Siti» Chempionlar ligasida o‘ynamasa, APL yangi mavsumida hech kimga imkoniyat qoldirmasdi»

Автор: admin

«Liverpul» klubi ustozi Yurgen Klopp CAS’ning ko‘rib chiqilgan sudda UEFA qarorini bekor qilib, «Manchester Siti»ni yevrokuboklarda ishtirok etishiga qaror chiqargani borasida o‘z fikrini bildirdi.
Germaniyalik murabbiy Angliya Premer-ligasidagi asosiy raqibatchisining yangi mavsumda ham Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etishidan xursand bo‘lganligini yashirmadi.
«Manchester Siti»ning Chempionlar ligasida ishtirok eta olishidan xursand bo‘ldim. Agarda, ular yevrokuboklarda qatnashmay, bir mavsumda bizdan ko‘ra 10-12ta kam o‘yin o‘tkazsa, Angliya Premer-ligasi g‘olibligi uchun boshqa klublarda imkoniyat umuman qolmasdi», - deya fikr bildirdi Yurgen Klopp Goal’ga.
Ma’lumot uchun, Angliya chempionligini rasmiylashtirgan «Liverpul» APL 35-turidan keyin 93 ochko bilan 2-o‘rindagi «Manchester Siti»ni 21 ochkoga ortda qoldirmoqda.
125   
Добавить комментарий
Ваше имя: *