Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourino: «Sharmandali qaror, moliyaviy feyr-pley o‘ldi»

Mourino: «Sharmandali qaror, moliyaviy feyr-pley o‘ldi»

Автор: admin

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan «Manchester Siti»dan 2 yillik diskvalifikatsiya olib tashlangani bo‘yicha o‘z fikrlarini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Sport arbitraj sudi «Manchester Siti» klubini yevrokuboklardan 2 yilga chetlatish haqidagi UEFA qarorni bekor qilgan va 30 mln yevro miqdoridagi jarimani 10 mln yevroga pasaytirgan edi.
«Sharmandali qaror. Agar «Siti» aybdor bo‘lmasa, nega 10 mln yevro jarima to‘lashi kerak? Aybsizlar jarimaga tortilmaydi. Agar «Siti» aybdor bo‘lsa, bu qaror sharmandali bo‘ladi, chunki klubni musobaqadan chetlatish shart edi. «Siti» aybdormi yoki aybsizmi bilmayman, ammo baribir bu qaror sharmandali.
«Tottenhem»da unday emas. Biz bu masalada qoidalarga amal qilib ishlayapmiz. Menimcha, bu qaror moliyaviy feyr-pleyning o‘lganini anglatadi», - deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda Goal.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *