Goal24.uz » Foto lavhalar » “Barselona” 2020/21-yilgi mavsum asosiy libosini namoyish qildi (foto)

“Barselona” 2020/21-yilgi mavsum asosiy libosini namoyish qildi (foto)

Автор: admin

“Barselona” futbol klubi 2020/21-yilgi mavsumda foydalanadigan asosiy libosini namoyish qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ekipirovkada klubning an’anaviy ranglari (ko‘k va anorrang) aks etgan. Hoshiyalar sariq rangda. Libos taqdimotida Lionel Messi, Antuan Grizman, Serxi Roberto, Luis Suares, Serxio Buskets va “Barselona”ning boshqa futbolchilari qatnashdi. Texnik hamkor — Nike.

Ta’kidlash joiz, libos 2010/11-yilgi mavsum ekipirovkasiga o‘xshab ketadi.

“Barselona” La Liga 36-turidan so‘ng 79 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Real”dan to‘rt ochko ortda qolgan.
391   
Добавить комментарий
Ваше имя: *