Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
«Barsa» taklif qilmoqda

Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Filippe Koutinoni APL jamoalariga taklif qilmoqda.
«Goal» nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi «Arsenal» va «Nyukasl» jamoalariga o‘z futbolchisini sotib olishni taklif qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, ayni damda bu klublar braziliyalik futbolchining qo‘lga kirita olmaydi. Sababi, uning maoshi juda baland. Korona-tanaffusdan so‘ng, birorta klub Filippeni o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti.

«Milan» futbolchisi ketadimi?
 
Milanning «Milan» klubi yarim himoyachisi Frank Kessiye yozda Bundesligaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Nemis nashrlarining ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi bilan “RB Leypsig” shartnoma imzolash niyatida. Hozircha, transfer summasi oshkor qilingani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yarim himoyach bilan «Napoli» va “Vest Hem” jamoalari ham qiziqish bildirgan edi.

«Yunayted» ishga kirishdi

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yozda “Real Sosedad” jamoasi yarim himoyachisi Mikel Oyarasabal bilan shartnoma imzolamoqchi.
Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” 23 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan. Ispanlar o‘z sardorini 70 milliondan kamiga sotmoqchi emas.
“The Sun" nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” Mikel uchun 50 million yevro taklif qilmoqchi.

Osimxen masalasi hal!

Fransiyaning «Lill» jamoasi hujumchisi Viktor Osimxen ikki sutkadan so‘ng, «Napoli» futbolchisiga aylanadi.
Bu haqida, “Football Italia" nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, klub ayni damda tomonlar futbolchining shaxsiy shartnomasi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Napoli» bu transfer uchun 50 million yevro sarf etadi.
232   
Добавить комментарий
Ваше имя: *